FARMATSEVTIKA SOHASI MUTAXASSISLARINI MAVZULI MALAKA OSHIRISH KURSLARIGA TAKLIF ETADI
FARMATSEVTIKA SOHASI MUTAXASSISLARINI MAVZULI MALAKA OSHIRISH KURSLARIGA TAKLIF ETADI

14 января 2026 г. 14:52

TOSHKENT VAKSINA VA ZARDOBLAR ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI FARMATSEVTIKA SOHASI MUTAXASSISLARINI MAVZULI MALAKA OSHIRISH KURSLARIGA TAKLIF ETADI

2026-yil 27-yanvardan boshlab farmatsevtika sohasi mutaxassislari uchun “ZARUR DISTRIBYUTORLIK AMALIYOTI – (GDP)” yo‘nalishida 72 soatlik masofaviy o‘quv kurslari boshlanadi.

Kurs nazariy bilim va amaliy ko‘nikmaga ega mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. Mashg‘ulotlar fan doktorlari, fan nomzodlari va amaliyotchi mutaxassislar tomonidan olib boriladi.

HUJJATLAR:
 ✅Institut direktori nomiga ariza
 ✅ Pasport nusxasi
 ✅Diplom nusxasi

Hujjatlar PDF shaklida quyidagi Telegram raqamlariga yuboriladi:
 (97) 485-88-98  
 (97) 485-88-48

KURS YAKUNIDA:
Tinglovchilar yakuniy testni topshiradi. Muvaffaqiyatli tugatganlarga Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan namunadagi sertifikat taqdim etiladi.

📌 72 soatlik  kurs to‘lovi: 1 666 000 so‘m 

MANZIL:
Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Chingiz Aytmatov ko‘chasi, 37-uy

Shoshiling hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!