TOSHVZITI XITOYDA ILMIY HAMKORLIK SARI
TOSHVZITI XITOYDA ILMIY HAMKORLIK SARI

11 августа 2025 г. 15:58

TOSHVZITI XITOYDA ILMIY HAMKORLIK SARI

TOSHVZITI XITOYDA ILMIY HAMKORLIK SARI

Ilmiy innovatsiyalar va xalqaro hamkorlik yo‘lida yana bir dadil qadam

Xitoyning  Pekin shahrida
“Beijing Holley-Cotec Pharmaceuticals” kompaniyasi tomonidan “O‘zbekistonda farmatsevtika texnologiyalarini modernizatsiya qilish” mavzusida xalqaro seminar bo’lib o’tdi.

Seminarning ochilish marosimida
Toshkent Vaksina va Zardoblar Ilmiy-Tadqiqot Institutidan
20 nafar vakillar ishtirok etdi.

Joriy yilning 7 va 27-avgust kunlari bo’lib o’tishi  rejalashtirilgan ushbu seminar doirasida
TOSHVZITI delegatsiyasi “Walvax kompaniyasining” ilg‘or laboratoriyalariga tashrif buyuradi. Seminar davomida muhokama qilingan yo‘nalishlar ko‘rib chiqilib, ularni bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsad qilingan.

Seminar  doirasida hamkor tashkilot vakillari tomonidan taqdimotlar o‘tkazildi,
muhim mavzularda maruzalar tinglandi va o‘zaro fikr almashildi.

Tadbir yakunida ToshVZITI tomonidan esdalik sovg‘alar ham taqdim etildi.

Bu tashrifdan asosiy maqsad — vaksina ishlab chiqarishning texnologiyalarini modernizatsiya qilish,
innovatsion ishlab chiqarish tajribalarini o‘rganish va hamkorlikni huquqiy asosda mustahkamlashdan iborat.

Bu — ilm, tajriba va texnologiyalar uchrashgan maydon.
Kelajakdagi muvaffaqiyatlar aynan bugungi hamkorlikdan boshlanadi.