PEKINDA NAVBATDAGI SEMINAR KUNI
PEKINDA NAVBATDAGI SEMINAR KUNI

11 августа 2025 г. 16:03

PEKINDA NAVBATDAGI SEMINAR KUNI

PEKINDA NAVBATDAGI SEMINAR KUNI 

Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti vakillari Pekinda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro seminarning navbatdagi kunida ishtirok etishdi.

Tonggi sessiyada ishtirokchilar Xitoyning milliy sharoitlari, tarixiy rivojlanish yo‘li va jamiyatdagi barqarorlik tamoyillari bilan tanishishdi. Xitoyda qanday ijtimoiy tizimlar shakllangan, qanday qadriyatlar asosida boshqaruv yuritilishi haqida fikrlar bildirildi.

Kunning ikkinchi yarmida esa davlat va siyosatni boshqarish bo‘yicha Xitoy yetakchisining yondashuvlari tahlil qilindi. Qaror qabul qilish jarayonlari, strategik rejalashtirish va milliy manfaatlar himoyasi kabi mavzular chuqur muhokama qilindi.

Ushbu ma’ruzalarni Pekin Universitetining Chet tillar fakulteti professori Vang Ligang olib bordi. Ishtirokchilar uchun bu — siyosiy tafakkur va boshqaruv amaliyotining yangicha yondashuvlarini anglash imkoniyati bo‘ldi.

Seminar davomida, shuningdek, Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi tarixiy rishtalar, madaniy almashuv haqida ham to‘xtalib o‘tildi.

Bu jarayon ikki xalq o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va hamkorlikni yanada chuqurlashtirdi.