“BIR MAKON, BIR YO‘L” DASTURI DOIRASIDAGI SEMINAR
“BIR MAKON, BIR YO‘L” DASTURI DOIRASIDAGI SEMINAR

11 августа 2025 г. 16:05

“BIR MAKON, BIR YO‘L” DASTURI DOIRASIDAGI SEMINAR

“BIR MAKON, BIR YO‘L” DASTURI DOIRASIDAGI SEMINAR 

2025-yil 7-avgustdan 20-avgustga qadar, Xitoy Savdo vazirligi tomonidan tashkil etilgan va Xitoy Tibbiyot akademiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan “Bir makon, bir yo‘l” dasturi asosida “Profilaktika tibbiyoti va an’anaviy xitoy tibbiyotida sog‘liq madaniyati bo‘yicha seminar” bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur xalqaro seminar sog‘liqni saqlash sohasida tajriba almashish , profilaktik tibbiyotning zamonaviy yondashuvlarini muhokama qilish va an’anaviy xitoy tibbiyoti tajribasini o‘rganishga qaratilgan.

Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti nomidan “Zardoblarni tozalash va konsentratsiyasini oshirish” laboratoriyasi mudiri F. X. Tuxtayev hamda institut doktoranti N. Burxanova ishtirok etmoqda 

Ushbu seminar nafaqat ilmiy almashinuv , balki o‘zaro tajriba almashish orqali profilaktik tibbiyot sifatini oshirishga, aholi salomatligini mustahkamlashga va innovatsion davolash usullarini joriy etishga asos bo‘lib xizmat qiladi.