XITOY AN’ANAVIY TABOBATI BO‘YICHA XALQARO SEMINAR
XITOY AN’ANAVIY TABOBATI BO‘YICHA XALQARO SEMINAR

11 августа 2025 г. 16:06

XITOY AN’ANAVIY TABOBATI BO‘YICHA XALQARO SEMINAR

XITOY AN’ANAVIY TABOBATI BO‘YICHA XALQARO SEMINAR

Bugun, 11-avgust kuni, Siyuan kasalxonasidagi Xitoy an’anaviy tibbiyot bo‘yicha Sog‘liqni saqlash markazi xodimi Chjou Penyun xonim tomonidan “Xitoy tabobati dorilari asosida sog‘liqni tiklovchi mahsulotlarni ishlab chiqish holati va hozirgi tadqiqotlari” mavzusida seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Seminar davomida, Xitoy an’anaviy tabobati sohasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, dorivor o‘simliklar  va tabiiy xomashyo asosida tayyorlanadigan preparatlarning inson salomatligini tiklashdagi o‘rni, shuningdek, ularni ishlab chiqish jarayonidagi zamonaviy yondashuvlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, seminar ishtirokchilari bilan ushbu yo‘nalishdagi xalqaro tajriba va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Mazkur seminarda, Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutining “Zardoblarni tozalash va konsentratsiyasini oshirish” laboratoriyasi mudiri F. X. Tuxtayev hamda institut doktoranti N. Burxanova faol ishtirok etib, mavzu bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar.

🤝 Seminar ToshVZITI va Xitoydagi hamkor tashkilotlar o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni mustahkamlash, tajriba almashish hamda kelgusida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yishda muhim bosqich bo‘ladi.