Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti vakillari Xitoyning BIBP “SinoPharm CNBG” farmatsevtika kompaniyasiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida Sinopharm laboratoriyalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ularning ilmiy-tadqiqot infratuzilmasi va zamonaviy ishlab chiqarish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Mutaxassislar tomonidan ayni paytda ishlab chiqarilayotgan vaksinalar va ulardan foylanish bo’yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, uchrashuv chog‘ida ikki tomon ham o‘z hamkorlik takliflarini taqdim etdilar. Ilmiy almashinuv, qo‘shma loyihalar va innovatsion ishlanmalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
🤝 Yakunda esa mazkur ikki tashkilot o‘rtasida kelgusida hamkorlik qilish rejalashtirildi.
Ushbu tashrif ikki institut uchun xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish, zamonaviy tajribalarni almashish va innovatsion ishlanmalarni hayotga tatbiq etishda muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.