XALQARO ILMIY HAMKORLIK!
XALQARO ILMIY HAMKORLIK!

22 сентября 2025 г. 14:52

XALQARO ILMIY HAMKORLIK!

💊 Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan ToshVZITI va Sloveniya davlatining “National Institute of Biology” (NIB) mutaxassislari bilan Zoom orqali onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📝 Uchrashuv chog‘ida:
 🎗 Saraton kasalligini oldini olish yo‘llari va ekologik toksinlar mavzusida chuqur suhbatlar bo‘ldi.
  📊 Har ikki tomon o‘z loyihalari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazdi.
 🤝 Kelgusidagi o‘zaro hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi va aniq takliflar bildirildi.
  ✅ Ushbu talab va takliflar ko‘rib chiqilib, kelajakda hamkorlikni rivojlantirish maqsad qilindi.

🔬 Mazkur yig‘ilish doirasida National Institute of Biology bilan hamkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan:
 • 🧫 Mikrobiologik laboratoriya ishlari (steril texnikalar, kontaminatsiyani oldini olish, o‘sish va parvarishlash usullari)
 • 🧬 Hujayra madaniyati bilan ishlash (hujayralarni parvarishlash, kontaminatsiyani nazorat qilish)
 📚 Fundamental tayyorgarlik va ilmiy malaka oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

🚀 Shu orqali ToshVZITI xalqaro ilmiy maydonda hamkorlikni kengaytirish, yangi ilmiy loyihalarni amalga oshirish va zamonaviy biotexnologiyalar sohasida ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish yo‘lida muhim qadam tashlamoqda.