TOSHVZITI: ILM, TA’LIM VA GENDER TENGLIGI MUHOKAMALARIDA
TOSHVZITI: ILM, TA’LIM VA GENDER TENGLIGI MUHOKAMALARIDA

22 сентября 2025 г. 15:16

TOSHVZITI: ILM, TA’LIM VA GENDER TENGLIGI MUHOKAMALARIDA

Kuni kecha, Raqamli texnologiyalar vazirligining Kongress zalida tashkil etilgan “Kasbning jinsi bo‘lmaydi” loyihasi doirasida grantlarni topshirish marosimi va Girls×Talk sessiyalari bo‘lib o‘tdi.

🤝 Tadbirda Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti (ToshVZITI) vakillari faol ishtirok etib, yoshlar uchun dolzarb bo‘lgan masalalar yuzasidan muhokamalarda qatnashdilar. Xususan:
 ✅ sifatli ta’lim imkoniyatlari,
 ✅ ilm-fan va innovatsiyada gender tengligi,
 ✅ xalqaro hamkorlik va qo‘shma loyihalar,
 ✅ grant va stipendiyalar orqali yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.


Tadbir davomida ta’lim, ilm-fan va karyerada gender tengligi, xalqaro hamkorlik va grant dasturlari bo‘yicha qator dolzarb masalalar yoritildi. ToshVZITI vakillari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, yoshlar uchun ilmiy izlanishlarda yangi imkoniyatlar yaratish g‘oyalarini ilgari surdilar.

Ushbu uchrashuv nafaqat grantlar topshirilishi, balki kelajak avlodga yo‘l-yo‘riq beruvchi ilhom manbai sifatida ham muhim ahamiyat kasb etdi.