Hurmatli farmasevtlar, aziz hamkasblar!
Hurmatli farmasevtlar, aziz hamkasblar!

26 сентября 2025 г. 15:24

Hurmatli farmasevtlar, aziz hamkasblar!

25-sentyabr — Farmasevtlar kuni bilan sizlarni Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi chin qalbdan tabriklaydi.

Bugun mamlakatimizda farmasevtika sohasi rivojiga alohida e’tibor qaratilayotgani — Sizlarning o‘rningiz naqadar muhim ekanining yorqin dalilidir. ToshVZITI ham ilmiy izlanishlar, yangi dori vositalari ishlab chiqish va mutaxassislar tayyorlash orqali ushbu ulug‘ maqsadga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Sizlarning fidoyiligingiz, sabr-toqatingiz va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan xizmatlaringiz uchun chuqur minnatdorlik bildirgan holda, barchangizga sog‘lik, baxt va kasbiy faoliyatingizda yangi yutuqlar tilaymiz.

Sizlarning qo‘lingizdan o‘tgan har bir dori — bir insonning sog‘lom nafasidir.
Sizlarning maslahatlaringiz — minglab qalblarga ishonch bag‘ishlaydi.
Sizlarning fidoyiligingiz — butun jamiyatning kelajagini asraydi.

Bayramingiz muborak, aziz farmasevtlar!

Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi!