TOSHVZITI VA THE UNIVERSITY OF SZEGED (HUNGARY) O‘RTASIDA HAMKORLIK UCHRASHUVI
TOSHVZITI VA THE UNIVERSITY OF SZEGED (HUNGARY) O‘RTASIDA HAMKORLIK UCHRASHUVI

14 ноября 2025 г. 14:53

TOSHVZITI VA THE UNIVERSITY OF SZEGED (HUNGARY) O‘RTASIDA HAMKORLIK UCHRASHUVI

🌐 Bugun Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti hamda The University of Szeged (Hungary) vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

💡 Uchrashuv davomida tomonlar o‘z ilmiy ishlari, laboratoriya salohiyati hamda zamonaviy tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimotlar almashdilar.

🎯 Uchrashuvning asosiy maqsadi — hamkorlik aloqalarini kengaytirish, tajriba almashish va qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalarni yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘ldi.

👩‍🔬🧑‍🔬 Shuningdek, institut doktorantlari va yosh olimlari uchun stajirovka hamda ilmiy amaliyotlarni o‘tkazish imkoniyatlari muhokama qilindi.

🌍 Mazkur uchrashuv ikki tomonlama ilmiy aloqalarni mustahkamlash va xalqaro miqyosda tajriba almashuvni rivojlantirish yo‘lida muhim bosqich bo‘ldi.

✨ ToshVZITI xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirishda, ilmiy salohiyatni oshirish va yosh tadqiqotchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishda izchil faoliyat olib bormoqda.
Ushbu uchrashuv — ilmiy tajriba, innovatsiya va o‘zaro ishonchga asoslangan hamkorlikning navbatdagi tashabbusdir.