TOSHVZITI VA K-NBIRT O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
TOSHVZITI VA K-NBIRT O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

9 декабря 2025 г. 22:31

TOSHVZITI VA K-NBIRT O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

TOSHVZITI VA K-NBIRT O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

 

Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti hamda Koreyaning K-NBIRT ilmiy-tadqiqot markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

 

Uchrashuv jarayonida  K-NBIRT ilmiy-tadqiqot markazi direktori Professor Han bilan biotexnologiya sohasidagi istiqbolli yo‘nalishlar, ilmiy platformalarni birgalikda rivojlantirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

 

Hamkorlik quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

 

✅ biotexnologiya va vaksina ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma ilmiy izlanishlar;

✅ kadrlar malakasini oshirish, o‘quv-trening dasturlarini yo‘lga qo‘yish;

✅ zamonaviy biotexnologik loyihalarni yaratish va amaliyotga joriy etish;

✅ laboratoriya infratuzilmasi va ekspertiza salohiyatini mustahkamlash.

 

🤝 Imzolangan memorandum ToshVZITI va K-NBIRT o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga ko‘taradi hamda innovatsion biotexnologiyalarni rivojlantirishda eng muhim tashabbus bo‘ladi.