Ilm yo‘lida umrini bag‘ishlagan zot
Professor Kamilov Husan Ma’sudovichning 80 yillik yubileyi
Bugun ilm-ma’rifat, ta’lim va fan yo‘lida butun umrini bag‘ishlagan, shu yo‘lda fidokorona mehnat qilgan, shogirdlari va hamkasblari orasida chuqur hurmatga sazovor bo‘lgan inson, TOSHVZITI laboratoriya mudiri farmatsevtika fanlari doktori, professor Kamilov Husan Ma’sudovichning 80 yillik yubileyi nishonlandi
Professor Kamilov Husan Ma’sudovich nafaqat ilmiy faoliyatida, balki ta’lim tizimining rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi bilan ham yurtimizda keng tanilgan. Uning ko‘plab shogirdlari bugungi kunda o‘z sohalarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib, ustozlarining ilmiy yutuqlarini davom ettirmoqda.
Bu yubiley – faqatgina bir kishi, balki butun ilmiy jamoaning mehnatini qadrlash va e’tirof etish sanasidir.
Yubileyda professor Kamilovning ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan tabriklar va so‘zlar aytildi.
Hamkasblar, yaqinlar va shogirdlar o‘zining tabriklari bilan ustozni qutlashdi.
Tadbir so’nggida ushbu kun qilish uchun dasturxon yozildi. Ochiq dasturxonda esa, ustozning mehnat yo‘li va yutuqlari yod etilib, bu kunning mohiyati va uning ilm-ma’rifat yo‘lidagi muhim o‘rni birgalikda nishonlandi. Shu tarzda, bu yubiley faqatgina bir insonning, balki butun ilmiy jamoaning erishgan yutuqlarini qadrlashning ajoyib bir sanasiga aylandi