Koreya – O‘zbekiston: Vaksina ishlab chiqarishda yangi bosqich
2025-yil 12-may kuni Toshkentda UzPharmAgency va Xalqaro Vaksina Instituti (IVI) hamkorligida xalqaro treningning birinchi kuni bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ToshVZITI vakillari ham ishtirok etdi.
Trening davomida IVI vakili Ganapathy tomonidan zamonaviy vaksina platformalari, ishlab chiqarish jarayonlari va ularni optimallashtirish bo‘yicha ma’ruzalar o‘tkazildi.
1-kunlik sessiyada IVI mutaxassisi, vaksina ishlab chiqarish sohasidagi tajribali ekspertning quyidagi mavzularda ma’ruza tinglandi.
Zamonaviy vaksina platformalari: har xil texnologiyalar asosidagi vaksinalar va ularning afzalliklari
Ishlab chiqarish jarayonlari: vaksina ishlab chiqarishning bosqichlari, muhim texnologik jarayonlar
Jarayonni optimallashtirish: ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, sifat nazorati va xavfsizlik standartlari
Bu hamkorlik O‘zbekistonda zamonaviy vaksina ishlab chiqarishni rivojlantirishga xizmat qiladi.