ILMIY SEMINAR HAQIDA E’LON
ILMIY SEMINAR HAQIDA E’LON

4-Dekabr, 2025-yil 16:26

Toshkent vaksina va zardoblar tadqiqot instituti DSc.04/30.09.2022 Far.134.01 raqamli ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy seminar o‘tkazadi.

📅 Sana: 2025-yil 11-dekabr
🕒 Vaqt: 15:00
🏛 Joy: Toshkent vaksina va zardoblar tadqiqot instituti 

Seminar doirasida Toshkent Farmatsevtika instituti ilmiy daraja (DSc) izlanuvchisi Imamaliyev Baxtiyor Alisherovichning «Allergiyaga qarshi fitokompozitsiyalarni texnologiyasini ishlab chiqish va farmako-toksikologik baholash» mavzusidagi dissertatsiya ishi bo‘yicha ochiq muhokama o‘tkaziladi.

Ixtisosliklar:
 14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya
  15.00.01 – Dori vositalari texnologiyasi

Barcha xohlovchilar ochiq seminarga taklif etiladi!