TOSHVZITI VA WALVAX KOMPANIYASI ZAMONAVIY BIOTEXNOLOGIYA MARKAZIDA
Ilm-fan va innovatsiyalar zamonida vaksina ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘rganish — xalq salomatligini ta’minlash yo‘lidagi eng muhim qadamlardan biridir. Shu maqsadda Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti vakillari Xitoyning yirik “Walvax Biotechnology” kompaniyasiga tashrif buyurishdi.
Uchrashuv chog‘ida mehmonlarga mRNK asosidagi vaksinalar ishlab chiqarish jarayoni batafsil ma’lumot berildi.
Xususan, papilloma virusiga (HPV) qarshi vaksina tayyorlashning ilk bosqichidan tortib, tayyor mahsulotgacha bo‘lgan butun texnologik zanjir namoyish etildi.
Shuningdek, kompaniya vakillari kelgusidagi rejalari bilan o‘rtoqlashishdi. (HPV) Papilloma virusiga qarshi vaksinalari ishlab chiqarish hajmini kengaytirish ko‘zda tutilgan.
Tashrif davomida ToshVZITI vakillari zamonaviy vaksina ishlab chiqarishning barcha asosiy texnologik bosqichlari bilan yaqindan tanishdi va innovatsion yondashuvlar bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lishmoqda