INNOVENT BIOLOGICS VA TOSHVZITI HAMKORLIK YO‘NALISHLARINI MUHOKAMA QILDI
Innovent Biologics kompaniyasida Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti delegatsiyasi ishtirokida ilmiy seminar o‘tkazildi.
Seminarda biofarmatsevtika sohasidagi dolzarb mavzular ko‘rib chiqildi. Kompaniya tomonidan o‘tkazilgan taqdimot va ma’ruzalarda dorilarning ishlab chiqarish bosqichlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, Innovent Biologics vakillari kompaniyaning 14 yillik faoliyati, xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari va yirik loyihalari haqida ma’lumot taqdim etdilar. Kompaniya asosan diabet va saraton kasalliklariga qarshi dorilar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, bugungi kunda Amerika, Angliya va boshqa nufuzli farmatsevtika kompaniyalari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Tashrif davomida ToshVZITI vakillari kompaniyaning binolari, laboratoriyalari va ishlab chiqarish markazlari bilan ham yaqindan tanishdi.
Uchrashuv yakunida ToshVZITI delegatsiyasi o‘zining qo‘shimcha taklif va tashabbuslarini taqdim etdi. Tomonlar hamkorlik memorandumi loyihasini muhokama qildilar va uni imzolash kelgusida rejalashtirilgan.
Ushbu uchrashuv farmatsevtika sohasida yangi ilmiy hamkorlik yo‘nalishlariga zamin yaratdi.