ONLINE ILMIY UCHRASHUV – TOSHVZITI VA DNDi MUTAXASSISLARI O‘RTASIDA
ONLINE ILMIY UCHRASHUV – TOSHVZITI VA DNDi MUTAXASSISLARI O‘RTASIDA

22-Sentabr, 2025-yil 14:49

ONLINE ILMIY UCHRASHUV – TOSHVZITI VA DNDi MUTAXASSISLARI O‘RTASIDA

Toshkent Vaksina va Zardoblar Ilmiy-Tadqiqot Institutida (TOSHVZITI) leishmaniozga bag‘ishlangan onlayn ilmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda xalqaro DNDi (Drugs for Neglected Diseases initiative) tashkiloti mutaxassislari ham ishtirok etdi.

📌 Ma’lumot uchun:
DNDi – bu rivojlanayotgan mamlakatlarda keng tarqalgan, biroq yetarlicha o‘rganilmagan kasalliklar uchun samarali va arzon dori vositalarini ishlab chiqishga qaratilgan xalqaro notijorat tashkilot. Ularning faoliyati tufayli butun dunyo bo‘ylab millionlab bemorlar hayotni saqlab qoluvchi davolanish imkoniyatiga ega bo‘lishgan.

📑 Muhokama qilingan asosiy masalalar:
✅ O‘zbekistonda teri (CL) va visseral (VL) leishmaniozining tarqalishi, mavjud muammolar va yechimlar;
✅ TOSHVZITI olimlari olib borayotgan ustuvor ilmiy izlanishlar va tadqiqot yo‘nalishlari;
✅ DNDi tomonidan amalga oshirilayotgan xalqaro loyihalar va ilg‘or tajribalar.

💬 Uchrashuv davomida leishmanioz bo‘yicha hozirgi epidemiologik vaziyat, diagnostika usullari va statistik ma’lumotlar muhokama qilindi. Kasallikni erta aniqlash va davolash samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, ushbu sohada ilmiy islohotlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

⚡️ Yakunda tomonlar xalqaro tajriba va ilmiy yutuqlarni amaliyotga tatbiq etish, qo‘shma ilmiy loyihalarni kengaytirish hamda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimiga innovatsion yondashuvlarni joriy etish muhimligini ta’kidladilar.