
Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi nomidan Sizlarni eng ulug‘ ayyom — O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Ortda qolgan 34 yil davomida xalqimiz, orzu qilgan ozodlikni asrab, taraqqiyot va yangilanish sari ulkan yo‘lni bosib o‘tdi. Mustaqillik tufayli bugun yurtimiz ilm-fan, sog‘liqni saqlash, ta’lim va iqtisodiyot sohalarida jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilmoqda.
TOSHVZITI jamoasi ham ana shu taraqqiyotning bir bo‘lagi sifatida, xalqimiz salomatligini mustahkamlash, zamonaviy vaksina va dori vositalari yaratish yo‘lida tinimsiz izlanmoqda. Bu boradagi muvaffaqiyatlarimiz Vatanimizning ilmiy salohiyatini yanada yuksaltiradi, xalqimiz farovonligiga xizmat qiladi.
Aziz vatandoshlar! Mustaqillik ruhi bizni yangi marralarga chorlaydi, yurtimiz istiqboliga bo‘lgan ishonchimizni mustahkamlaydi. Sizlarga sihat-salomatlik, baxt va farovonlik tilayman.
TOSHVZITI direktori
Azizov Shavkatjon Ismatjon o’g’li