TOSHVZITI VA NIB: ILMIY HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI
TOSHVZITI VA NIB: ILMIY HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI

22-Sentabr, 2025-yil 15:09

TOSHVZITI VA NIB: ILMIY HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti (ToshVZITI) va Sloveniya davlatining National Institute of Biology (NIB) mutaxassislari o‘rtasida navbatdagi onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔹 Uchrashuv davomida:
 ✅ genetik tadqiqotlarda transkriptom tahlillari,
 ✅ ekologik loyihalar va plastik chiqindilarning atrof-muhitga ta’siri,
 ✅ ijtimoiy ahamiyatga ega ilmiy tashabbuslar muhokama qilindi.

🔬 Sloveniya Milliy Biologiya instituti olimlari “Plastic Pirates – Go Europe!” hamda “Ciano SLO” loyihalarini taqdim etdilar. Mazkur tashabbuslar ilm-fan va jamiyat o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, ekologik muammolarni hal etishda qaratilgan.

🤝 Uchrashuvda bildirilgan talab va takliflar ko‘rib chiqildi hamda kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

✨ ToshVZITI va NIB hamkorligi xalqaro tajribani amaliyotga tatbiq etish, innovatsion ilmiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va global muammolarga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.