TOSHVZITI VA XITOY OLIMLARI: YANGI DAVOLASH YO‘LLARI IZLANMOQDA
TOSHVZITI VA XITOY OLIMLARI: YANGI DAVOLASH YO‘LLARI IZLANMOQDA

22-Sentabr, 2025-yil 15:12

TOSHVZITI VA XITOY OLIMLARI: YANGI DAVOLASH YO‘LLARI IZLANMOQDA

Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutida Xitoyning “Soochow University” professori bilan zoom orqali onlayn ilmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida professor Liu Mi boshchiligidagi xitoylik olimlar tomonidan onkologik kasalliklarga qarshi nanozarrachalarga asoslangan vaksinalar, T-hujayralarini aniqlash va faollashtirish texnologiyalari, shuningdek immunoterapiya va davolashning yangi yondashuvlari bo‘yicha taqdimotlar qilindi.

Muloqotda, tomonlar o‘rtasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, klinik sinovlarni hamkorlikda amalga oshirish, biotibbiyotdagi ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etish hamda ikki davlat olimlari o‘rtasida tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Yakunda tomonlar kelgusida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish, hamkorlikdagi tadqiqotlarni kengaytirish va innovatsion ishlanmalarni sog‘liqni saqlash amaliyotiga tatbiq etish bo‘yicha o‘zaro kelishib oldilar.