FARMATSEVTIKA VA BIOTIBBIYOTDA QO‘SHMA LOYIHALAR MUHOKAMASI
FARMATSEVTIKA VA BIOTIBBIYOTDA QO‘SHMA LOYIHALAR MUHOKAMASI

22-Sentabr, 2025-yil 15:21

FARMATSEVTIKA VA BIOTIBBIYOTDA QO‘SHMA LOYIHALAR MUHOKAMASI

Singapurning nufuzli ilmiy muassasalari — A*STAR hamda Nanyang Texnologiya Universiteti vakillari Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga tashrif buyurishdi.

🤝 Uchrashuv davomida:

✅ Farmatsevtika va biotibbiyot sohalarida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, innovatsion ishlanmalarni yaratish;
✅ Mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
✅ Akademik almashinuv dasturlari orqali ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

👤 Ushbu uchrashuvda Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti direktori Shavkatjon Azizov ham faol ishtirok etib, institutning xalqaro hamkorlikdagi istiqboldagi tashabbuslari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

💡 Tashrif jarayonida tomonlar ilm-fan sohasida uzoq muddatli hamkorlikni kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish va yosh mutaxassislar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish zarurligini ta’kidladilar.

📌 Shu kabi uchrashuvlar xalqaro hamkorlikni kengaytirib, yosh kadrlarga yangi tajriba va istiqbollar taqdim etadi.