Toshkent Vaksina va Zardoblar Ilmiy-Tadqiqot Institutida kasaba uyushma qo‘mitasi raisi tomonidan berilgan ariza ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda viloyat O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi vakillari ham ishtirok etdi.
📌 Kun tartibida muhokama qilingan masalalar:
🔹 Kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolari va rayosati tarkibini yangilash
🔹 2025-yil uchun yangilangan jamoa shartnomasini ko‘rib chiqish
🔹 Taftish komissiyasi hamda sanoq komissiyasi a’zolarini saylash
✅ Yig‘ilish natijalari:
✨ Yangi rayosat a’zolari saylab olindi
📑 Jamoa shartnomasi yangilandi va tasdiqlandi
👥 Taftish va sanoq komissiyalari tarkibi shakllantirildi
🙌 Yig‘ilishda barcha xodimlar faol ishtirok etdi
🌟 Eng muhim yangilik: yig‘ilish yakunida Qo‘shnazarova Nigora Asomutdinovna ToshVZITI kasaba uyushma qo‘mitasi raisi etib saylandi.
🎁 Shuningdek, institut kasaba uyushma faoliyatiga ko‘p yillar davomida munosib hissa qo‘shgan Kamilov Husan Ma’sudovichga esdalik sovg‘alari topshirildi.
🤝 Kasaba uyushmasi — bu nafaqat xodimlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qiluvchi tuzilma, balki institut jamoasini birlashtiruvchi, sog‘lom mehnat muhitini ta’minlovchi asosiy tayanchdir.