TOSHVZITI VA SOOCHOW UNIVERSITETI OLIMLARI ILMIY HAMKORLIKNI YO‘LGA QO‘YMOQDA
TOSHVZITI VA SOOCHOW UNIVERSITETI OLIMLARI ILMIY HAMKORLIKNI YO‘LGA QO‘YMOQDA

22-Sentabr, 2025-yil 15:24

TOSHVZITI VA SOOCHOW UNIVERSITETI OLIMLARI ILMIY HAMKORLIKNI YO‘LGA QO‘YMOQDA

📌 Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti (ToshVZITI) hamda Xitoyning Suzhou shahrida joylashgan Soochow Universiteti olimlari o‘rtasida Zoom platformasi orqali  ilmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

👨‍🔬 Mazkur uchrashuvda Soochow Universitetining nufuzli olimi, professor Qingri Cao ishtirok etdi. Suhbat davomida ToshVZITI tomonidan ilgari surilgan takliflar batafsil muhokama qilindi va ular ikki tomonlama qiziqish uyg‘otdi.

🤝 Tomonlar ushbu takliflar bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Endilikda ilmiy aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida o‘zaro anglashuv memorandumi tayyorlash rejalashtirilmoqda.

🔬 Hamkorlik quyidagi dolzarb yo‘nalishlarni qamrab oladi:

 ✅Jigar saratonini erta aniqlash (GSK): nanozarrachalar va luminessent karsinoma asosida yangi diagnostika usullarini ishlab chiqish.
 ✅Sil kasalligiga qarshi mRNK vaksina texnologiyalari: nanozarrachalar tashuvchi tizimlardan foydalangan holda innovatsion va samarali vaksinalarni yaratish.

🌍 Ushbu kelishuv ToshVZITI va Soochow Universiteti uchun nafaqat ilmiy tadqiqotlarda yangi imkoniyatlarni ochadi, balki kelajak avlod uchun yanada samarali dori vositalari va profilaktik choralarning yaratilishiga zamin yar