TOSHVZITI VA PASTER INSTITUTI O‘RTASIDA ONLAYN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
TOSHVZITI VA PASTER INSTITUTI O‘RTASIDA ONLAYN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

8-Oktabr, 2025-yil 11:04

TOSHVZITI VA PASTER INSTITUTI O‘RTASIDA ONLAYN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI


Bugun Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti (ToshVZITI) hamda Eronning nufuzli Paster instituti mutaxassislari o‘rtasida zoom platformasi orqali onlayn uchrashuv o‘tkazildi. 

🤝 Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning yangi yo‘nalishlari, vaksina ishlab chiqarish texnologiyalari, ilmiy kadrlar tayyorlash hamda qo‘shma tadqiqotlar masalalari batafsil muhokama qilindi.

🔬 Tomonlar o‘zaro ilmiy almashinuvni kuchaytirish, qo‘shma treninglar, mutaxassislar tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish va innovatsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar.

🌍 Mazkur uchrashuv ToshVZITI faoliyatida xalqaro hamkorlik yo‘nalishining yanada kengayishiga, tajriba almashinuvi va yangi ilmiy tashabbuslarni hayotga tatbiq etishga xizmat qiladi.