TOSHVZITI XODIMLARI “НАУКА БЕЗ ГРАНИЦ” LOYIHASIDA ISHTIROK ETDI
TOSHVZITI XODIMLARI “НАУКА БЕЗ ГРАНИЦ” LOYIHASIDA ISHTIROK ETDI

8-Oktabr, 2025-yil 14:30

TOSHVZITI XODIMLARI “НАУКА БЕЗ ГРАНИЦ” LOYIHASIDA ISHTIROK ETDI

Kuni kecha, Rossiya Fanlar akademiyasi olimlari, professorlar va ilmiy tadqiqotchilar ishtirokida “Kelajak olimlari” xalqaro loyihasi doirasida ochiq ma’ruzalar bo‘lib o‘tdi.

 

👩🏻‍🔬 Mazkur tadbirda Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti (ToshVZITI) xodimlari ham faol ishtirok etdi.

 

🗣️Ma’ruzalar davomida zamonaviy biotibbiyot tadqiqotlari, neyrofiziologiya, sun’iy intellektning ilm-fan sohasidagi qo‘llanilishi, shuningdek, texnologik taraqqiyotning inson va jamiyatga ta’siri kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.

 

📚 Ishtirokchilar inson miyasidagi tiklanish jarayonlari, genetik tadqiqotlarning yangi yo‘nalishlari, sun’iy intellekt yordamida tarixiy ma’lumotlarni qayta tiklash va biotexnologiyalar falsafiy jihatdan qanday baholanayotgani haqida qimmatli ma’lumotlar bilan tanishdi.

 

🏅 Tadbir yakunida ToshVZITI xodimlariga tashkilotchilar tomonidan sertifikatlar taqdim etildi.

 

🌐 Ushbu loyiha xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlash, yangi g‘oyalar almashish va yosh mutaxassislar salohiyatini oshirishga keng imkon yaratadi.