MUHIM ILMIY UCHRASHUVDA TOSHVZITI ISHTIROKI
MUHIM ILMIY UCHRASHUVDA TOSHVZITI ISHTIROKI

20-Oktabr, 2025-yil 14:59

MUHIM ILMIY UCHRASHUVDA TOSHVZITI ISHTIROKI


🏛️ Farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov hamda Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti direktori Shavkatjon Azizov Osiyo Fanlar akademiyasi akademigi va vize-prezidenti Valieva Mahbuba xonim bilan uchrashuv tashkil etdilar.

💬 Uchrashuv chog‘ida vize-prezident O‘zbekiston farmatsevtika sanoati so‘nggi yillarda jadal rivojlanayotganini ta’kidladi. Shu bilan birga, Agentlik direktori sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va “Tashkent Pharma Park” farmatsevtika klasteridagi loyihalar haqida umumiy ma’lumot berdi.

🧪 Davra suhbatida Agentlikning ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda nanotexnologiyalar asosida ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha talab va takliflar muhokama qilindi.

🤝 Shuningdek, yankunda Ozarbayjon Tibbiyot universiteti va Ozarbayjon Fanlar akademiyasi bilan ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha istiqbolli rejalar belgilandi.

🌟Uchrashuv xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish va ToshVZITI ilmiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi, shuningdek, O‘zbekiston farmatsevtika va biotibbiyot sohasida innovatsion yechimlarni joriy etishdagi muhim qadam sifatid