
Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti (ToshVZITI) ga Yonsei universiteti vakili, K-NIRBT ilmiy-tadqiqot markazi direktori, professor Gyoonhee Han tashrif buyurdi.
🔬 Professor Han institut laboratoriyalarining faoliyati bilan batafsil tanishdi. Har bir laboratoriyada olib borilayotgan tadqiqot yo‘nalishlari, yangi ilmiy ishlanmalar va innovatsion loyihalar haqida keng ma’lumot oldi.
🧪 Tashrif davomida professor ToshVZITI olimlarining yuqori ilmiy salohiyati, zamonaviy baza va texnologik imkoniyatlarini yuksak baholadi hamda bu yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini ta’kidladi.
🎓 Shuningdek, u yosh olimlar va mutaxassislar malakasini oshirish maqsadida o‘quv kurslari va stajirovkalar tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.
🤝 Mazkur tashrif ToshVZITI va Yonsei universiteti o‘rtasidagi uzoq muddatli ilmiy hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.
Tomonlar tajriba almashish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda yosh olimlar salohiyatini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
🌍 Ushbu uchrashuv ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqib, qo‘shma tadqiqotlar, innovatsion ishlanmalar va kadrlar almashinuvi orqali xalqaro miqyosda e’tirof etiladigan natijalarga zamin yaratdi.