
💊 Farmasevtika sohasida xalqaro aloqalarni kengaytirish yo‘lida Toshkentda muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Farmasevtika tarmoqlarini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov hamda Toshkent vaksinа va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti (ToshVZITI) direktori Shavkatjon Azizov Xitoyning “Guoju Medical Technology” kompaniyasi vakillari bilan muzokara olib bordi.
🧪 Suhbat davomida dorivor o‘simliklar, biologik preparatlar va zamonaviy farmatsevtika sohasida hamkorlikni kengaytirish, yangi ilmiy tashabbuslarni birgalikda boshlash masalalari muhokama qilindi. Ayniqsa, Sharq tabobati va zamonaviy biotexnologiyalarni uyg‘unlashtirgan yangi tadqiqot institutini Toshkent Pharma Park hududida tashkil etish g‘oyasi ilgari surildi.
🤝 Kelgusidagi hamkorlik doirasida tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda ishlashga kelishib oldi:
✔️ ToshVZITI bazasida qo‘shma ilmiy laboratoriya tashkil etish
✔️ Yangi dori shakllari va biologik qo‘shimchalar ustida tadqiqotlar olib borish
✔️ O‘zbek olimlarini Xitoy ilmiy markazlarida malaka oshirish va tajriba almashish dasturlariga jalb etish
🔬 Ushbu hamkorlik ToshVZITI uchun nafaqat ilmiy salohiyatni mustahkamlash, balki institutni Markaziy Osiyoda an’anaviy tibbiyot va innovatsion farmasevtikani birlashtiruvchi ilmiy markaz darajasiga ko‘tarish sari muhim tashabbus hisoblanadi.