
🧪 Yonsei University & KNIBR-T tomonidan tashkil etilgan 1 oylik “GTH-B Hands-on Training for mRNA Vaccine Manufacturing” amaliy kursi doirasida ToshVZITI xodimi Savurova Mohinabonu laboratoriya miqyosida fermenter bilan ishlash bo‘yicha chuqurlashtirilgan mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
🔬Amaliy jarayonda 5 litrli laboratoriya fermenteri bilan ishlash, 2 litr urug‘lantirish muhitini tayyorlash, uskuna yig‘ilishi va pH hamda erigan kislorod sensorlarini kalibrlash kabi muhim bosqichlar bajarildi.
🧫 Shuningdek, bioreaktor tizimini to‘g‘ri sozlash va ishchi hajmga mos ravishda ozuqa muhitini tayyorlash bo‘yicha asosiy upstream jarayonlar o‘zlashtirildi.
💉 Ushbu trening ToshVZITI mutaxassislarining biomanufacturing, xususan mRNA vaksina ishlab chiqarish yo‘nalishidagi amaliy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.