TOSHVZITI “MILLIY FARMATSEVTIKADA TA’LIM, FAN VA ISHLAB CHIQARISHNING MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI” ANJUMANIDA ISHTIROK ETDI
TOSHVZITI “MILLIY FARMATSEVTIKADA TA’LIM, FAN VA ISHLAB CHIQARISHNING MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI” ANJUMANIDA ISHTIROK ETDI

17-Noyabr, 2025-yil 17:03

TOSHVZITI “MILLIY FARMATSEVTIKADA TA’LIM, FAN VA ISHLAB CHIQARISHNING MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI” ANJUMANIDA ISHTIROK ETDI

Bugun Toshkent farmatsevtika institutida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent farmatsevtika instituti hamkorligida “Milliy farmatsevtikada ta’lim, fan va ishlab chiqarishning muammolari va istiqbollari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi.

Tadbirda vazirlik vakillari, soha mutaxassislari hamda respublika ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalaridan 250 dan ortiq olimlar, ekspertlar, farmatsevtlar, kimyogarlar, biologlar va shifokorlar faol ishtirok etdi. Shu jumaladan, Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti direktori Shavkatjon Azizov ham anjumanda qatnashdi.

Anjumanda ishtirokchilar dori vositalarining sifat nazorati, standartlashtirish va sertifikatlash masalalari, yangi dori vositalarini yaratish, farmatsevtikada “yashil” texnologiyalardan foydalanish, marketing va menejment yo‘nalishlari hamda kadrlar tayyorlash jarayonidagi dolzarb savollar yuzasidan muhokamalar yuritildi.

Anjumanning asosiy maqsadi - milliy farmatsevtika sohasida ta’lim, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi uzviy hamkorlikni kuchaytirish, sohaga oid muammolarni muhokama qilish va ularning zamonaviy yechimlarini birgalikda ishlab chiqishdir.