
🌍 Bugungi kunda ushbu muammo jahonning deyarli barcha davlatlarida keskin kuchayib borayotgan global sog‘liqni saqlash tahdidi hisoblanadi. Mikroorganizmlarning dori vositalariga qarshi chidamliligi ortgani sayin infeksiyalarni davolash qiyinlashmoqda, davolanish muddati cho‘zilmoqda va iqtisodiy xarajatlar sezilarli oshmoqda.
🔬 Shu bois, AMRga qarshi kurashda quyidagi choralar nihoyatda muhim:
✅antibiotiklardan mas’uliyatli foydalanish,
✅profilaktika va gigiyenani kuchaytirish,
biosozlik va ilmiy tadqiqotlarga sarmoya kiritish,
✅ maqsadli strategik yondashuvlarni joriy etish.
Bunday chora-tadbirlar og‘ir asoratlarning oldini olishga, davolash samaradorligini saqlab qolishga va eng muhimi — inson hayotini himoya qilishga xizmat qiladi.
⚠️ Bugungi kunda dunyo bo‘ylab kuzatilayotgan chidamlilikning o‘sishi bizdan yuqori darajadagi xabardorlik, mas’uliyatli qarorlar va birgalikdagi harakatlarni talab etmoqda.