
Bugun Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutida (TOSHVZITI) Amerikaning taniqli olimi, professor P. Ignatov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
👨🔬 Tashrif davomida professor institut rahbariyati, yetakchi olimlar va yosh mutaxassislar bilan uchrashib, institutda olib borilayotgan ilmiy-izlanishlar, mavjud loyihalar va istiqboldagi rejalarga katta qiziqish bildirdi.
🧪 Uchrashuv chog‘ida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
🔹 Institutning ilmiy-ishlab chiqarish faolligini oshirish va yangi yo‘nalishlarni rivojlantirish masalalari;
🔹 TOSHVZITI tomonidan yaratilayotgan uchta innovatsion ilmiy ishlanma bo‘yicha professorning fikr-mulohazalari va takliflari;
🔹 Immunologiya yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni kengaytirish va sohaga yana chet ellik olimlarni jalb etish imkoniyatlari;
🔹 Ilmiy loyihalarni xalqaro darajasiga olib chiqish bo‘yicha takliflar.
🤝 Tashrif ikki tomonlama ilmiy aloqalarni yanada kuchaytirish, yangi g‘oyalar va qo‘shma tadqiqotlar uchun mustahkam asos yaratdi.