
Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunini chuqur hurmat bilan nishonladi.
Bayroq — bu shunchaki ramz emas. Bu tarix, g‘urur, birlik va kelajakka ishonch timsoli.
Bugungi tadbir davomida institutimiz rahbariyati va ilmiy jamoa vakillari milliy ramzlarimizga hurmat, yurt ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyat hamda xalq salomatligiga xizmat qilish borasidagi qat’iy pozitsiyalarini yana bir bor ta’kidlab o‘tdilar.
ToshVZITI ilm-fan, innovatsiya va halollik bilan O‘zbekiston bayrog‘i ostida faoliyatini davom ettiradi.
Bayrog‘imiz doimo baland bo‘lsin!