
🔴Bugun Farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov va Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti direktori Shavkatjon Azizov, biotexnologiya va R&D yo‘nalishida dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblangan “Sartorius” vakillari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.
📌Ma’lumot uchun:
Sartorius — ilmiy tadqiqotlar uchun zamonaviy texnologik yechimlar, jumladan, bioreaktorlar, hujayra madaniyatlari, bioprosessing tizimlari va virtual laboratoriya platformalarini ishlab chiqishga ixtisoslashgan global kompaniya hisoblanadi.
Uchrashuv davomida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi:
1️⃣ Ilmiy jarayonlarga virtual laboratoriyalarni tatbiq etish,
2️⃣ Zamonaviy R&D yechimlari orqali tadqiqot samaradorligini oshirish,
3️⃣ BIOSTAT® B-DCU kabi laboratoriya bioreaktorlarining O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari,
4️⃣ Kompaniya mahsulotlarini ilmiy-amaliy tadqiqotlarda joriy etish.
🤝Tomonlar ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash orqali ilmiy izlanishlarni kuchaytirish, laboratoriya infratuzilmasini modernizatsiya qilish va xalqaro tajribadan samarali foydalanish masalalarida fikr almashdilar.
✅Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida hamkorlikni davom ettirish, texnologik yechimlar almashinuvi hamda ilmiy tadqiqotlarda qo‘shma tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib oldilar.