
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Sloveniyaning National Institute of Biology (NIB) ga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida institut bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha memorandum imzolandi.
🤝 Shu bilan birga, mazkur kelishuv doirasida Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti (ToshVZITI) uchun ham hamkorlik platformasini yo‘lga qo‘yish va tegishli memorandumni imzolashga erishildi.
📌 Uchrashuv davomida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi:
✅ qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish
✅ yosh mutaxassislar malakasini oshirish
✅ tajriba va bilim almashish dasturlarini yo‘lga qo‘yish
🚀 Ushbu kelishuvlar ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy, innovatsion va ta’limiy hamkorlikni yanada mustahkamlab, uni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.