
🏛️Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari — Abdullayev Hayotbek va Abduvoxidova Uvaysiy Xitoy Xalq Respublikasining Dori vositalari sifati va xavfsizligini nazorat qilish davlat boshqaramasi tomonidan tashkil etilgan xalqaro seminarida ishtirok etmoqda.
💊🧪Seminar davomida farmatsevtika faoliyatini tartibga solish, xalqaro standartlarni joriy etish, dori vositalarining sifatini baholash va ularni nazorat qilish jarayonlariga doir dolzarb ma’ruzalar taqdim etilmoqda.
🔬🩺Shuningdek, “Xitoyning farmatsevtika faoliyatini tartibga solish sohasida internatsionallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlari” mavzusidagi taqdimot ham o‘tkazildi. Unda ishtirokchilarga xalqaro hamkorlik mexanizmlari, tartibot tizimlari va farmatsevtika nazoratining zamonaviy yondashuvlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🤝Mazkur seminar ToshVZITI ilmiy xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish, xalqaro tajriba almashish va institutning global miqyosdagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.