
🏛️ Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti xodimlarining Xitoyga ilmiy safarlari davom etdi . Dastur doirasidagi navbatdagi tashrif Sinszyan Tibbiyot Universitetining Birinchi Klinikasida amalga oshirildi.
🔬Tashrif davomida ishtirokchilar klinikaning faoliyati, tibbiy jarayonlar, ilmiy tadqiqotlar olib borilish tartibi hamda zamonaviy diagnostika va davolash bo‘limlari bilan tanishdilar. Mutaxassislar uchun klinikaning o‘quv-amaliy jarayonlarini kuzatish, mavjud tajribalarni o‘rganish va mahalliy tibbiyot tizimi bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi.
📚Ilmiy safar davomida, delegatsiya Xitoyning turli ilmiy va tibbiy muassasalarida o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdi.
Klinikadagi kuzatuvlar ilmiy safarning mazmunini boyitdi.