
BIZ KORRUPSIYASIZ JAMIYAT QURAMIZ
📌Korrupsiya — bu nafaqat qonunbuzarlik, balki davlat tizimiga bo‘lgan ishonchni susaytiradigan, jamiyat barqarorligiga putur yetkazadigan xavfli hodisadir. Ayniqsa, sog‘liqni saqlash va ilmiy-tadqiqot sohasida korrupsiyaning har bir ko‘rinishi bevosita inson salomatligiga ta’sir qilishi mumkin. Chunki bu yo‘nalishda qabul qilinadigan har bir qaror, har bir laboratoriya protokoli va har bir xarid jarayoni aniq, shaffof va halol bo‘lishi talab etiladi.
✅ Shu ma’noda Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti korrupsiyaga qarshi kurashni o‘z faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilagan. Institutda barcha jarayonlar — ilmiy izlanishlardan tortib, vaksina va zardoblar sifat nazoratigacha, moddiy-texnik xaridlardan tortib, kadrlar masalalarigacha — ochiqlik, mas’uliyat va halollik prinsiplariga asoslanadi.
✨ToshVZITI jamoasi uchun eng muhim mezon: halollik , xavfsizlik, ishonch va sifatning kafolati.