SOON CHUN HYANG UNIVERSITY BILAN ILMIY HAMKORLIK YO‘LIDA MUHIM TASHABBUS
SOON CHUN HYANG UNIVERSITY BILAN ILMIY HAMKORLIK YO‘LIDA MUHIM TASHABBUS

8-Yanvar, 2026-yil 11:04

SOON CHUN HYANG UNIVERSITY BILAN ILMIY HAMKORLIK YO‘LIDA MUHIM TASHABBUS

🔵Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti (ToshVZITI) hamda Janubiy Koreyaning nufuzli ta’lim muassasalaridan biri — Soon Chun Hyang University o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔬Uchrashuvda ToshVZITI va Soon Chun Hyang University vakillari, jumladan Professor Jung-Hoon Lee ishtirokida laboratoriya yo‘nalishida hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish hamda ilmiy tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat davomida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro kelishuvlarga erishildi:

✅ laboratoriya infratuzilmasi va ilmiy ishlanmalar;
✅ tajribalar hamda metodik yondashuvlar;
✅ qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, mutaxassislar va yosh olimlar o‘rtasida tajriba almashish.

Mazkur hamkorlik ToshVZITI ilmiy salohiyatini yanada oshirish, xalqaro tajribani joriy etish hamda innovatsion yondashuvlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.