TOSHVZITI faxri bo‘lgan olimlar xotirasi
Bugun — 9-may. Bu sana biz uchun nafaqat tarixiy xotira, balki fidoyilik va sadoqatning timsolidir. Ayniqsa, ilm-fan yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan, institutimiz — TOSHVZITI taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ustoz va olimlarni eslash, ularning nomlarini yod etish biz uchun sharafdir.
Biz faxr bilan eslaymiz:
Magzumov Bashir Hikmatullaevich
Tibbiyot fanlari doktori, professor
1962–1963 yillarda TOSHVZITI direktori lavozimida faoliyat yuritgan. Institutning ilmiy asoslarini mustahkamlashda muhim rol o‘ynagan.
Abidov Abdurahim Abidovich
Tibbiyot fanlari doktori, professor
1955-yildan TOSHVZITIda ilmiy faoliyat olib borgan, 1964–1981-yillar davomida institut direktori bo‘lib ishlagan. Ilmiy izlanishlar, vaksina va zardoblar ishlab chiqarish sohasini rivojlantirishda katta hissa qo‘shgan.
Buglanov Anatoliy Ayushevich
Biologiya fanlari doktori, professor
2009–2017-yillar davomida institut direktori vazifasini bajargan. TOSHVZITIga yangi ilmiy grantlarni jalb qilgan, ilmiy-amaliy jurnal nashrini rivojlantirgan, institutning ilmiy salohiyatini saqlab qolishga katta e’tibor qaratgan.
Sheremetyev Nikolay Nikolaevich
Tibbiyot fanlari doktori, professor
1958-yildan boshlab institutda 60 yildan ortiq xizmat qilgan. Virusologiya, bakteriologiya, eksperimental immunologiya kabi yo‘nalishlarda ko‘plab laboratoriyalarga rahbarlik qilgan. U kishining fidokorona mehnati tufayli institutda mikrobiologiya sohasi yuksak darajaga yetdi.
Bu zotlar o‘z hayotini ilmga, xalq salomatligiga, avlodlar kamoliga bag‘ishlagan fidoyilar edi. Bugun, 9-mayda ularni yodga olar ekanmiz, biz nafaqat tarixni eslaymiz, balki ilm-fanga bo‘lgan sadoqat, Vatanga bo‘lgan muhabbat va insoniylik fazilatlarini qadrlaymiz.