Ilmiy hamkorlik yo‘lida yangi bosqich: Toshkent Vaksina va Zardoblar instituti hamda Eronning Paster instituti o‘rtasida memorandum imzolandi
Toshkent Vaktsina va Zardoblar Ilmiy-tadqiqot instituti, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va Eron Islom Respublikasining nufuzli Paster instituti o‘rtasida xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu memorandum quyidagi asosiy yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni nazarda tutadi:
Doktorantlarga ilmiy rahbarlik qilish va qo‘shma tadqiqotlar olib borish
Ilmiy-tadqiqot faoliyatida tajriba almashish
Xalqaro grantlarda qo‘shma loyihalar bilan ishtirok etish
Innovatsion izlanishlar va texnologik platformalar doirasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish
Imzolangan ushbu memorandum nafaqat ikki mamlakat ilmiy muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlaydi, balki farmatsevtika va biotibbiyot sohalaridagi yangi yutuqlar uchun mustahkam poydevor yaratadi.