Tibbiyotning kelajagi sari yo‘nalish: Tehrondagi samarali uchrashuv
Tibbiyotning kelajagi sari yo‘nalish: Tehrondagi samarali uchrashuv

16-May, 2025-yil 13:49

Tibbiyotning kelajagi sari yo‘nalish: Tehrondagi samarali uchrashuv

Tibbiyotning kelajagi sari yo‘nalish: Tehrondagi samarali uchrashuv

Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti vakillari Eron Islom Respublikasining Tehron universiteti huzuridagi Ilmiy-texnik tadqiqotlar markaziga rasmiy tashrif buyurdilar.

 

Tashrif davomida markaz rahbari Alireza Mirbagferi tomonidan markazda olib borilayotgan biotibbiyot tadqiqotlari, molekulyar texnologiyalar, hujayra va molekulyar biologiya, shuningdek, intellektual tibbiyot sohalaridagi ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

 

Tibbiy amaliyotlarda robotlardan foydalanish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Xususan, quyidagi yo‘nalishlar taklif etildi:

 

Tibbiyot xodimlarini tayyorlash

Qisqa muddatli dasturlarda ishtirok etish

Amaliy treninglarni tashkil etish

Mutaxassislarni tajriba almashishini yo’lga qo’yish;

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash bo‘yicha kelishuvga erishdilar.