Ilm-fan orqali hamkorlik: ToshVZITI va Turkiya yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda
2025 yil 28 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va Toshkent Vaksina va Zardoblar Ilmiy-Tadqiqot Institutida Turkiyaning SAP Enstitüsü va Ertan Agturk vakillari bilan ilmiy-texnik hamkorlik bo’yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda zamonaviy vaksina texnologiyalari, amaliyot va treninglar, investitsion hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida bo’yicha quyidagilar kelishildi:
Amaliyot va onlayn treninglar tashkil etish
Xususiy investorlar uchun hamkorlik dasturi ishlab chiqish
ToshVZITI xodimlarining Turkiyaga xizmat safari bo‘yicha reja tuzish
Investorlar uchun qisqa loyiha hujjatlarini tayyorlash
Texnologik hamkorlik loyihalarini taqdim etish
“Yo‘l xaritasi” ishlab chiqish
Mazkur uchrashuv ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlab, biotexnologiya va farmatsevtika sohalarida yangi imkoniyatlar yaratdi.