YURAK UCHUN FOYDALI KAPSULA: “KARDIOGERB” BO‘YICHA ILMIY MUHOKAMA O‘TKAZILDI
YURAK UCHUN FOYDALI KAPSULA: “KARDIOGERB” BO‘YICHA ILMIY MUHOKAMA O‘TKAZILDI

10-Iyul, 2025-yil 15:01

YURAK UCHUN FOYDALI KAPSULA: “KARDIOGERB” BO‘YICHA ILMIY MUHOKAMA O‘TKAZILDI

YURAK UCHUN FOYDALI KAPSULA: “KARDIOGERB” BO‘YICHA ILMIY MUHOKAMA O‘TKAZILDI

Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutida

3-kurs tayanch doktoranti Ishonqulova Nargiza Feruzjonovna tomonidan tayyorlangan PhD dissertatsiyasi —

“Biologik faol qo‘shimcha ‘Kardiogerb kapsulasining tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi ilmiy ish yuzasidan laboratoriyalararo ilmiy muhokama bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadqiqot dori texnologiyasi ixtisosligiga oid bo‘lib, farmatsevtika sanoatida biologik faol qo‘shimchalarni ishlab chiqish va takomillashtirish yo‘nalishida olib borilgan muhim ilmiy-amaliy izlanishlardan biri sifatida baholandi.

Ilmiy muhokamada institutning laboratoriya mudirlari, yetakchi olimlar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar ishtirok etib, tadqiqot ishi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdilar.

Ushbu laboratoriyalararo muhokama ToshVZITIda olib borilayotgan innovatsion izlanishlarning amaliy natijaga yo‘naltirilganligini yana bir bor tasdiqladi.