TOSHVZITIDA PhD DISSERTATSIYALARIGA BAG‘ISHLANGAN ILMIY SEMINAR O‘TKAZILDI
TOSHVZITIDA PhD DISSERTATSIYALARIGA BAG‘ISHLANGAN ILMIY SEMINAR O‘TKAZILDI

26-Iyul, 2025-yil 11:58

TOSHVZITIDA PhD DISSERTATSIYALARIGA BAG‘ISHLANGAN ILMIY SEMINAR O‘TKAZILDI

22-iyul kuni Toshkent Vaksina va Zardoblar Ilmiy-Tadqiqot Institutida PhD ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyalar yuzasidan navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda institut tadqiqotchisi Mirzohid Akbaraliyev “‘Erexy miliaris ilon oqsil gidrolizati texnologiyasini takomillashtirish va uning in’eksion dori shaklini yaratish” mavzusidagi ilmiy izlanishini taqdim etdi. Dissertatsiya dori texnologiyasi va biotexnologiya ixtisosliklari bo‘yicha farmatsevtika fanlari doktori, professor Kamilov Husan Ma’sudovich hamda kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim Ingamov O‘tkir Qudratillayevich rahbarligida tayyorlangan.

Shuningdek, doktorant Nargiza Ishonqulova tomonidan “Biologik faol qo‘shimcha "Kardiogerb" kapsulasining tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi ilmiy ish taqdim qilindi. Ushbu izlanish dori texnologiyasi ixtisosligiga oid bo‘lib, u farmatsevtika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim Ashurov Abdurahmon Akbaraliyevich ilmiy rahbarligida amalga oshirilgan.

Seminar davomida yetakchi olimlar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar faol ishtirok etdi. Taqdimotlar yuzasidan qizg‘in bahs-munozaralar, savol-javoblar va ilmiy takliflar bildirildi.

Bu kabi seminar ilmiy izlanishlar sifatini oshirish, yosh tadqiqotchilar salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy farmatsevtika yo‘nalishidagi dolzarb muammolarni muhokama qilish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.