FARMATSEVTIKA SOHASIDAGI MUAMMOLAR VA YECHIMLAR MUHOKAMA QILINDI

FARMATSEVTIKA SOHASIDAGI MUAMMOLAR VA YECHIMLAR MUHOKAMA QILINDI

O‘simlik moddalari kimyosi institutida Prezidentimiz ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirkorlar va olimlar uchrashuvi doirasida farmatsevtika sohasining dolzarb masalalari yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

🔺Uchrashuvni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi vakillaridan biri olib bordi. Unda laboratoriya mudirlari, yetakchi olimlar hamda soha mutaxassislari eng muhim taklif va tashabbuslari bilan ishtirok etdilar.

🧪 Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti (TOSHVZITI) tomonidan ham qator takliflar bildirildi. Shuningdek, xodimlarning takliflari tinglanib, umumlashtirildi.

📌Muhokamalar davomida quyidagi yo‘nalishlar ustuvor etib belgilandi:

✅ilmiy ishlanmalarni sanoat bosqichiga olib chiqish uchun maxsus grant va investitsiya mexanizmlarini joriy etish;
✅zamonaviy laboratoriya uskunalarini yangilash va yuqori aniqlikdagi texnologiyalar bilan ta’minlash;
✅klinik tadqiqotlarni tashkil etish jarayonlarini soddalashtirish va tezlashtirish;
✅GMP, GLP, GCP standartlariga mos infratuzilmani kengaytirish;
✅mahalliy xomashyodan import o‘rnini bosuvchi dori vositalarini ishlab chiqish;
✅yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy barqarorligini ta’minlash va malaka oshirish dasturlarini kuchaytirish;
✅ilmiy natijalarni tijoratlashtirish hamda eksport salohiyatini oshirish mexanizmlarini yaratish.

🔘Muhokamalar yakunida “ilm–ta’lim–sanoat” integratsiyasini kuchaytirish, moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish, klinik va texnologik jarayonlarni optimallashtirish hamda ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surildi.

🧪 TOSHVZITI AXBOROT XIZMATI