INDIA–UZBEKISTAN PHARMA BUSINESS MEET: TOSHVZITI UCHUN YANGI ILMIY HAMKORLIK IMKONIYATLARI

INDIA–UZBEKISTAN PHARMA BUSINESS MEET: TOSHVZITI UCHUN YANGI ILMIY HAMKORLIK IMKONIYATLARI

Kuni kecha bo’lib o’tgan, Farmatsevtika sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga bag’ishlangan“India–Uzbekistan Pharma Business Meet” uchrashuvida Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti (TOSHVZITI) ham faol ishtirok etdi.

Tadbir doirasida Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti (ToshVZITI) bilan ham ilmiy hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan muzokaralar olib borildi. Muloqotlar chog‘ida ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, innovatsion ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga joriy etish hamda istiqboldagi qo‘shma tashabbuslarni ro‘yobga chiqarish masalalari muhokama qilindi.

Bunday uchrashuvlar ToshVZITI ning xalqaro ilmiy maydondagi nufuzini yanada mustahkamlash, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda biofarmatsevtika yo‘nalishida ilg‘or tajriba va zamonaviy yutuqlarni o‘zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

ToshVZITI axborot xizmati