KLINIK TADQIQOTLARDA YANGI BOSQICH - TOSHVZITI VA MEDIDATA
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Fan, ta’lim va innovatsiyalar bo‘limi hamda Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutining bir qator mas’ul vakillari hamda xalqaro miqyosda tan olingan Medidata kompaniyasi o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Muloqot davomida Medidata kompaniyasining ilg‘or yechimlari asosida klinik sinovlar samaradorligini oshirish, ma’lumotlar aniqligi va ishonchliligini ta’minlash, shuningdek ilmiy ishlanmalarni tezkor amaliyotga joriy etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlarini rivojlantirish, zamonaviy raqamli texnologiyalarni ilmiy-tadqiqot jarayonlariga keng tatbiq etish hamda biofarmatsevtika sohasida innovatsion yondashuvlarni qo‘llash bo‘yicha kelgusidagi aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.
ToshVZITI axborot xizmati