SOHIBQIRON AMIR TEMUR XOTIRASI E’ZOZLANDI
Kuni kecha 9-aprelda buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan sohibqironning boy tarixiy merosi, davlat boshqaruvidagi dono siyosati hamda ilm-fan va bunyodkorlikka qo‘shgan ulkan hissasini yorituvchi maxsus videorolik taqdim etilgan edi.
10-aprel kuni esa ushbu sana munosabati bilan Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazilib, Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutida buyuk ajdodimiz xotirasi yuksak hurmat va ehtirom bilan yod etildi.
Mazkur tadbirlar milliy qadriyatlarni ulug‘lash, tarixiy merosimizga hurmat ruhini mustahkamlash hamda yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirishga ulkan zinapoya bo’ladi.
TOSHVZITI AXBOROT XIZMATI