TOSHVZITI JOVE BILAN HAMKORLIKNI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQMOQDA

TOSHVZITI JOVE BILAN HAMKORLIKNI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQMOQDA

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Fan, ta’lim va innovatsiyalar bo‘limi, Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti hamda xalqaro ilmiy-ta’lim platformasi — JoVE (Journal of Visualized Experiments) bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida quyida asosiy yo‘nalishlar muhokama qilindi:

Laboratoriya tajribalarini vizual formatda o‘rgatish, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish;
Yosh olimlar va mutaxassislar uchun interaktiv ta’lim materiallarini joriy etish;
Biologiya, tibbiyot, farmakologiya va klinik tadqiqotlar bo‘yicha videolaboratoriya kontentidan foydalanish;
Xalqaro ilmiy nashrlar va metodik qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini kengaytirish.

JoVE vakillari platformaning murakkab laboratoriya jarayonlarini aniq va tushunarli ko‘rinishda taqdim etishi, tajribalarni standartlashtirish va ilmiy tadqiqot sifatini oshirishda muhim vosita ekanini ta’kidladi.

Muzokaralar yakunida tomonlar resursni ToshVZITI faoliyatiga bosqichma-bosqich integratsiya qilish, xodimlar uchun maxsus treninglar tashkil etish va hamkorlikni izchil rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Bu hamkorlik TOSHVZITI uchun ilmiy-ta’lim jarayonlarini zamonaviylashtirish va global standartlarga moslashtirish yo‘lidagi muhim bosqich sifatida baholanmoqda.

TOSHVZITI AXBOROT XIZMATI